Sedimentasiya
Sedimentasiya (lot. sedimentum. — cho’kish) — dispers faza zarra- lari (qattiq donacha, suyuklik tomchisi, gaz pufakchalari)ning suyuq yoki Gazsi- mon dispers muxitda gravitasion may- don yoki markazdan qochma kuch maydonida cho’kishi yoki yuzaga suzib chiqishi. Agar zarralarning yo’nalgan harakati og’irlik kuchi yoki markazdan qochma kuch ta’sirida zarralarning tartibsiz (xaotik) issi- klik harakatidan ustun kelsa, S. sodir bo’ladi (q. Broun harakati, diffuziya). S. tezligi zarraning massasi, o’lchami va shakliga, muhitning qovushokligi va zichligiga, shuningdek, maydon kuchi- ning zarraga ta’siridan yuzaga keluvchi kuchlanishga boglik. Birbiri b-n o’zaro ta’sirlashmaydigan mayda sferik zar- ralar S.si Stoke formulasi bo’yicha aniqlanadi. Tabiatda S. cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lishiga, havzalardagi suvning tinishiga, atmosferadagi suyuq tomchi va qattiq zarralarning ajrali- shiga olib keladi. I.ch.da S. kukunlar- ni fraktsiyalarga ajratishda, kimyotex- nologiyada turli mahsulotlarni cho’kma holida ajratib olishda qo’llanadi. S. sanoatda foydali qazilmalarni boyi- tishda, kimyo va neftkimyo texnologiyasi mahsulotlarini ajratishda, suvni toza- lashda va b.da ishlatiladi. S. tsentrifu- galash, ultratsentrifugalash, sedimen- tasion analizda keng qo’llanadi (yana q. Tindirish, sedimentasion analiz).