Sezgi

Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyada- gi in’ikosi. Materiyaning S. a’zolari- ga ta’sir ko’rsatib, bosh miya po’stlog’I nerv markazini qo’zg’atishi asosida pay- do bo’ladi. S. dunyoni bilishning bi- rinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. S.lar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qo’zg’ovchilarning o’ziga xos Xu- susiyatlariga qarab, barcha S.lar badan S.si (tuyish), ko’rish S.si, eshitish S.si, hid bilish S.si, ta’m bilish S.si va b. turlarga bo’linadi. S. fizik, fizio- logik, psixologik jarayonlarda paydo bo’ladi. Fizik jarayonda har qanday nar- sa va hodisalar S. a’zolariga ta’sir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qo’zg’aydi. Fiziologik jara- yonda qo’zg’alish nervning o’tkazuvchi yo’li orqali bosh miya po’stining tegishli Markaziy hujayralar tizimiga o’tadi. Psixologik jarayonda nerv qo’zg’alishida bizga ta’sir etgan qo’zg’ovchining analizi paydo bo’ladi va u sintezga aylanadi — S. paydo bo’ladi. S. a’zolari miya katta yarim sharlari faoliyati b-n bog’liq. In- sonda voqelikni bilishda ko’rish S.si etakchi o’rinni egallaydi. S.larni qaerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin: 1) ekstroreseptorlar — bular organizm sirtida bo’ladi, ularga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, tuyish S.lari kiradi; 2) interoreseptorlar — tanamiz ichidagi S.lar, bularga ichak, Ji- gar, o’pkadagi S.lar kiradi; 3) proprire- tseptorlar — muskul, pay, boylamlarda bo’ladi. S.larning hammasi o’ziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.