Serpentinit
Serpentinit – o’ta asosli tog’ jinsi, dog’li va yo’l-yo’lli tuzilishga ega. Bu xususiyati b-n ilon terisini es- latadi. Shuning uchun ofiolitlar (ofis — ilon) deb ham ataladi. Oson ishlov be- rilishi sababli ulardan bezak buyumlar va taqinchoqlar, qora metallurgiya uchun olovbardosh g’ishtlar tayyorlanadi. S, asosan, tolali xrizotil, varaqli antigo- rit va massiv lizarditdan iborat. Doi- mo karbonat va magnetit qo’shimchalariga ega. Kam miqdorda talk, aktinolit, tre- molit, brusit, xlorit, kvars, xaltsedon va b. minerallar uchraydi. S.dagi mine- rallar soni 70 dan oshadi. S. dunitgars- burgit tarkibli o’ta asosli jinslarning bosqichli o’zgarishi (serpentinlanish) tufayli vujudga keladi. Serpentinla- nishning dastlabki boskichida lizardit, keyinchalik xrizotil va yakunida anti- gorit shakllanadi. S. asosida xrizoti- lasbest, antofillit, talk va b. konlar hosil bo’ladi. S. massivlari Ural, shim. va Jan. Kavkaz va Pomir, Jan. Farg’ona vodiysi, Jan. va shim. Nurota chuqur er yoriqlari zonalarida, Tomditog’va Sulton Uvays tog’larida rivojlangan. Sulton Uvaysdagi S. o’zgarishidan Yi- rik Qizilsoy, Zenilbuloq, Qazg’antog’va talksimon jinslar hamda vermikulit konlari vujudga kelgan.