Sensualizm

Sensualizm (lot. sensus — sez- gi, his) — bilish nazariyasida sezgi- larni bilishning asosiy manbai deb e’tirof etuvchi yo’nalish. Bilishning mohiyatini sezgi organlarining fao- liyatiga bog’lab tushuntiradi. S. rasi- onalizmga qaramaqarshi bo’lib, hissiy va rasional bilimlarning o’zaro aloqadorligi, imkoniyatlarini o’zicha talkin etadi. S. vakillari bilimlar odamga tugma ravishda berilmagan, u hayotiy tajriba davomida shakllanib, rivojlanib boradi, deb hisoblaydi, il- miy bilish jarayonida induktiv xulosa chiqarishni deduktiv xulosa chiqarishdan ustun qo’yadi. S.ning “hislarda bo’lmagan narsa aklda bo’lmaydi” degan asosiy ta- moyiliga hissiy bilishlar ob’ektiv dunyo b-n bog’liq deb hisoblagan materi- alistlar (P.Gassendi, T. Gobbs, J.Lokk, K.Gelvesii, D.Didro, P. Golbax va b.) ham, hissiy bilish tashki dunyo b-n bog’lanmagan, o’z-o’zidan mavjud soha deb bilgan idealistlar (J.Berkli, D.Yum) ham qo’shilganlar. Sharq falsafasi, Xu- Susan, Forobiy va Beruniy asarlari- da ham sensualistik fikrlar mavjud. S. shuningdek, gedonizm, utilitarizm, emotivizmaa namoyon bo’ladi. 20-a. fan falsafasida ham S.ning empirizm yo’nalishidagi talqinlari uchraydi.