Sillogizm
Sillogizm (Yun. syllogismos — hisobga olaman, xulosa chikaraman) — deduktiv xulosa chikarish turi. Unda o’zaro mantiqiy bog’langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi — yangi qat’iy mulohaza xrsil bo’ladi. Mac, “bar- cha metallar elektr tokini o’tkazadi; mis — metall; demak, mis elektr to- kini o’tkazadi”. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo’lmaydi. Shunga ko’ra, S.ni umumiylikka asoslangan xulo- sa chiqarish, desa bo’ladi. Bu jihatdan Sdan odatdagi fikrlash va ilmiy xulosa chiqarishda isbot shakli sifatida keng foydalaniladi. S.ning tarkibi xulosa asoslari va xulosadan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushun- chalar terminlar deb ataladi. S.ning 4 ta asosiy figurasi (shakli) mavjud. S. asoslari oddiy qat’iy hukmlardan ibo- rat bo’lib, ularning ikki asos va xulosa- da o’ziga xos tartib (to’plam)da kelishi modus deb ataladi. S. figuralarining 19 ta modusi mavjud. Har bir figuraning to’g’ri moduslarini aniqlashda S.ning umumiy va maxsus qoidalariga amal qilinadi. S.lar oddiy kat’iy, murakkab va murakkab qisqartirilgan turlarga bo’linadi. Xulosa chiqarishning bu usu- lini Aristotel “birinchi analitika” asarida ta’riflab bergan. Sillogistik xulosa chikarish mantiqqa o’rganiladi.