ZIKIROVA RAHIMA HAMROYEVNA

ZIKIROVA RAHIMA HAMROYEVNA (1951.5.1, Denov tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Termiz pedagogika institutining pedagogika va boshlang’ich ta’lim bo’limini tugatgan (1974). 1970— 74 yillarda Denov tumanidagi 35-maktabda, 1974 yildan 79-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Darsda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, o’quvchilarga ekologik tarbiya berib boradi.