Smitsonit
Smitsonit [ingliz kimyogari va minerologi J. Smitson (1765-1829) nomidan] — tabiiy karbonatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibi — ZnCO,(ZnO 64,9%, SO2 35,1%). Rux o’rnini izomorf aralashmalar sifatida ko’pincha Fe, Mn, Mg, ba’zan so, kamdankam Cd, Ln va b. elementlar egallaydi. Kristallari gek- sogonal singoniyali, romboedrik. Yonlari ko’pincha egilgan va silliq emas. Odatda, tuproqsimon yoki zich yashirin kristallan- gan agregatlardan bo’lib, ko’pincha oqiq va po’stloqsimon, shuningdek, qobiqsimon, katakkatak va g’ovak massalar shaklida xam uchraydi. Kattiqligi 4,5—5; o’rtacha zichligi 4,3 g/sm3. S. ohaktoshlarda joy- lashgan qo’rg’oshinrux sulfidi konla- rining oksidlanish zonasida uchraydi. S. rudalari rux olinadigan muhim xom ashyo hisoblanadi. O’zbekistondagi de- yarli barcha qo’rg’oshinrux konlarining (Ko’rg’oshinkon, Uchquloch, Navgarzon) oksidlanish zonasida uchraydi. Xorij- da shim. Meksika, Gresiya (Lavrion), Polsha (Olkush), Jan.G’arbiy Afri- ka (Sumeb)da, Baykalorti (Narchinsk), Kozog’istonning Achisoy (turlan) va Tojikistonning Takeli, Oltintopgan, Quruqsoy, Ayg’irbuloq konlarida keng tarqalgan.