Sinxroniya

Sinxroniya (Yun. synchronos bir vaqtli, bir davrli) — 1) bir vaqtning o’zida mavjud bo’lgan, o’zaro boglik, va alokador unsurlar tizimi bo’lgan til- ning (yoki boshqa biror ijtimoiyguma- nitar fanning) muayyan rivojlanish dav- ridagi holati; til rivojlanishi jarayo- nida muayyan o’zgarishlarning mavjudli- gi yoki ularning ahamiyatsiz ekanligi belgisi asosida ajratilgan davr; 2) til- ni ko’rsatilgan holagda, ya’ni davr, vakt omili va lisoniy o’zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda tekshiriladigan aniq munosabatlar tizimi sifatida o’rganish. S. yordamida tilning nafaqat xoz. davri, balki o’tmishdagi davrlari ham alohida o’rganilishi mumkin. Mac, o’zbek adabiy tilidagi unlilar tizimini 15-a.ning yoki 20-a.ning o’zidagi ahvolini alohida, birbiriga qiyoslamay tadqiq etish S.dir. S. tushunchasi diaxroniya tushunchasi b-n birga, unga qaramaqarshi qo’yilgan holda frantsuz tilshunosi F.de Sossyur tomonidan fanga kiritilgan. Bu tushun- chalarning Sossyur bo’yicha o’zaro farkla- nishi, birbiridan ajratilishi statika b-n dinamikaning, til b-n nutqning, si- stemalilik b-n sistemasizlikning, fo- netika b-n grammatikaning qaramaqarshi qo’yilishiga muvofiq bo’ladi. Lekin mo- domiki til o’z tabiatiga ko’ra, doim xa- rakatdagi, o’zgarishdagi ob’ekt sifatida tavsiflanar ekan, dinamika tilning har qanday mavjudlik davrida, jumladan, S.da tilning ajralmas qismi bo’lib qoladi, binobarin, S.da diaxroniya un- surlari ham uchrashi mumkin.