Sintob oltin koni
Sintob oltin koni – Nurota tog’larining shim.da Sintobsoyning chap sohilida joylashgan. 1934-35 y.larda ochilgan. 2000 y.dan keyin keng qamrovli qidiruv ishlari boshlangan. Kon maydo- ni gersin davrida hosil bo’lgan shim. Nurota braxiantiklinalining Mar- kaziy qismida, besapan svitasining qumtoshslanesli yotqiziqlaridan, quyi karbonning qora uglerodli qumtosh va alevrolitli qalin qatlami b-n qoplangan quyi devonning karbonatli jinslaridan tuzilgan va bu yotqiziqlar o’rta karbonning ohaktoshlari b-n yopil- gan. Oltinsulfidli mineralizasiya gi- drotermal genezisga mansubdir. Rudalar hosil bo’lishi kvarslanish, serisitla- nish, karbonatlanish kabi o’zgarishlar b-n bog’liq. Rudalari qatlamlar orasida tomirlar shaklida joylashgan. Rudaning mahsuliy tarkibi: galenit, sfalerit, xira rudalar, kuprit, oltin, argentit, sof kumush, xalkopirit, pirit, limo- nit, malaxit, azurit, kovelin, xalkozin, tserussit, rux oxrasi, sof mis, Bulanje- rit, arsenopirit, sheelit. Asosiy foy- Dali komponentlar — Ai (o’rtacha tarki- bi 4,0 g/t), Ag( 200 g/t), WO,(0,011,2%). Kon qadimdan ma’lum bo’lib, 5-7 va 9— 12-a. larda rudaning er yuzasiga yaqin qismlari butunlay qazib olingan. SINTOBKO’L — Nurota tog’idagi ko’l. 1615 m balandlikda. Uz. 300 m, eni 150 m, chuq. 1,5 m.