Sinay yozuvi

Sinay yozuvi — Sinay yarim oro- lidagi tog’larda toshlarga bitilgan 50 ga yaqin ustyozuvning belgilar tizimi. Ustyo- zuvlarning 16 tasi 1905 y.da ingliz oli- mi F. Pitri tomonidan topilib, arxeo- logik ma’lumotlar asosida mil. AV. 15-a. ga mansub deb belgilandi; qolganlari esa 1927-35 y.lar oralig’ida topildi. Ingliz misrshunosi A. Gardiner, ay- Rim belgilarning tashqi o’xshashligiga asoslanib, Syo.ni Misr va qad. som yozuv- lari o’rtasidagi bog’lovchi halqa, uning yaratuvchilari esa somiylardir, deb o’ylaydi. Gardiner va uning izdoshlari ushbu yozuvni o’qishga urinib ko’rganlar va 32 ta birbiriga o’xshamagan belgi- ni aniklaganlar (demak, Syo. Harfiy yozuv bo’lgan). Lekin S.yo.ning to’g’ri o’qilganligi (deshifrovkasi) masalasi hanuzgacha munozarali bo’lib qolmoqda. Uning turli olimlar tomonidan turlicha (jiddiy farqlar b-n) o’qilishi sabab- li, ko’pchilik mutaxassislar (mas, nemis olimlari g. Bauer va I. Fridrix) bu yozuv qali to’g’ri o’qilmagan, degan fikrdalar. Ba’zi manbalarda Syo. mil. 2-4-a.larda Sinay yarim orolida qo’llangan oromiy yozuvining bir ko’rinishidir, degan fikr xam uchraydi.