Silisidlar
Silisidlar (lot. Silicium — kremniy) — kremniyning metallar va ba’zi metallmaslar b-n hosil qilgan birikmalari. S. kimyoviy bog’lanishga ko’ra 3 asosiy guruhga (ionkovalent, ko- valent va metallsimon) bo’linadi. Ion- kovalent S. ishqoriy (natriy va kaliy- dan tashqari) va ishqoriyer metallar hamda mis va rux guruhi metalari b-n hosil bo’ladi; kovalent S. bor, uglerod, azot, kislorod, fosfor, oltingugurtda hosil buladi; metallsimon S, oraliq metallardan yuzaga keladi. Ishqoriyer metallardan silisidlar va litiy si- Lisid Li6Si2 ma’lum (Li dan boshqa ishqoriy metallar S. hosil qilmaydi). S. yaltiroq, juda qattiq va og’ir kristall moddalar, yuqori trada suyuqlanadi, mas, TaSi2 ning suyuklanish t-rasi 2200°. Me- tallsimon S. barqaror birikmalar, ular hatto yuqori tralarda ham oksidlanmay- Di. MoSi, dan tayyorlangan elektr pechla- ri qizdirgichlarini 1700°gacha bo’lgan oksidlovchi muhitda ishlatish mumkin. Ba’zi faol metallarning Si suv va Su- yultirilgan kislotalar ta’sirida par- chalanadi, boshqa S.ga suv ham, suyulti- rilgan kislotalar ham ta’sir etmaydi. Aksari S. — yarim o’tkazgichlar.