Sinf

Sinf (biologiyada) — sistema- tikada yirik taksonomik kategoriya- lardan biri. S. o’zaro qarindosh tur- kumlar (hayvonlar) yoki tartiblarni (o’simliklar) birlashtiradi. Mas, kemi- ruvchilar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, yirtqichlar, primatlar turkumlari sut emizuvchilar S.ni tashkil etadi. Umu- miy tuzilishga ega bo’lgan va bitta umu- miy ajdoddan kelib chiqqan S. bir tip (hayvonlar) yoki bo’limga (o’simliklar) kiritiladi, mas, sut emizuvchilar, qushlar, eudralib yuruvchilar va b. S. xor- dalilar tipiga, ikki urug’pallalilar va bir urug’pallalilar S. i yopiq urug’lilar bo’limiga kiradi. S. tushunchasini Fran- suz botanigi Turnifor 17-a. oxirida taklif etgan; keyinchalik K. Linney- ning “tabiat sistemasi”da S. eng yuqori sistematik kategoriya sifatida asoslab berilgan.