Karrali yulduzlar

Karrali yulduzlar – osmon sferasida bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan 3 yoki undan ortiq yulduzlar sistemasi. K. yu. a’zolari o’zaro gra- vitasion bog’liq bo’lib, umumiy massa markazi yoki asosiy bosh yulduz atrofida harakatlanadi. Qo’shaloq yulduzlardan 1/3 aslida K. yu.dan iborat ekanligi ma’lum bo’ldi. A’zolari soni 6 — 7 ta bo’lgan K. yu. topilgan. K. yu. tarkibiga fizik o’zgaruvchan va rentgen yulduzlarining ki- rishi katta amaliy ahamiyatga ega, bu b-n ularning massalarini aniqlashga imkon beradi. K. yu.ni birinchi marta 17-asrda ingliz olimi V. Gershel kashf etgan va 1784 y. 700 K. yu.ni o’z ichiga olgan jad- valni tuzgan. Bunday yulduzlardan 30000 tasi ma’lum (2002). K. yu.ning hammasini ham teleskoplar yordamida ajratib ko’rib bo’lmaydi. Bunday yulduzlarning ba’zi- lari ravshanligini o’zgartirib turadi. Ravshanligining o’zgarib turishiga yoki spektridagi chiziqlarning davriy sil- jishlariga (yo’ldosh yulduzning marka- ziy yulduzni to’sib o’tishi sababli) qarab bir-biriga nihoyatda yaqin joylashgan K. yu. aniqlanadi.