Karromiylar
Karromiylar — ilohiyot oqimi. 9— 13-a.larda Bag’dod xalifaligi- ning Markaziy va Sharqiy viloyatlarida tarqalgan. Asoschisi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806-869). Sey- istonda tug’ilgan, Nishopur, Balx, Marv, Hirot kabi shaharlarda ta’lim olgan. 5 y. Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom o’z yurtiga qaytayotib, Quddusda xonaqoh barpo qilgan. Seyiston va Xu- rosonda o’z ta’limotini targ’ib qilgani uchun zindonga tashlanadi. Quddusda va- FOT etadi. K. fikricha, Xudo — butun borliqning birlamchi asosi, u muayyan jismga ega. Xudo — barcha narsalarning yaratuvchisi, ammo inson o’z faoliyatining natijala- riga ta’sir ko’rsata oladi. Mu’taziliy- lar kabi K. ham inson onggi mustaqil ravishda, ya’ni vahiy yordamisiz yaxshilik va yomonlikni farq qilishga qodir, deb uqtirdi. Shuningdek, murji’iylar sin- Gari K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til b-n e’tirof etsa kifoya, amal b-n tasdiqlashi shart emas, deb hisoblaydi. Ya’ni “la iloha illallohu Muhammadu Rasululloh” ka- limasini aytgan har bir inson — mu- sulmondir. Ibn Karromning “kitob as- sirr” va “azob al-qabr” nomli (bizgacha etib kelmagan) asarlari va “Xudo jism- ga ega” degan tushunchasi Islom ulamo- larining keskin tanqidi va ta’qibiga uchradi. Mo’g’ullar istilosidan so’ng K. barham topdi.