Kastalar
Kastalar (asli lot. — toza, san- skritcha jati) — kishilarning biqiq endogam guruhi. K. o’ziga xos social vazifalarni bajarish, merosiy kasb- hunarlar b-n shug’ullanish natijasida ajraladiki, bu hol muayyan etnik, ba’- zan diniy mushtaraklikka mansublik b-n bog’liq bo’lishi mumkin. K. baland-past tabaqalar hosil qiladi, ular o’rtasidagi munosabatlarda qat’iy cheklanishlar mavjud. Arxaik K. (tabaqaviy yoki so- tsial darajalar) bir qancha qad. va o’rta asr jamiyatlari (kad. Misr, Hindiston, Peru va b.) da bulgan. Hindistonda hinduizmda, asosan, odamlarning muay- Yan belgiga ko’ra guruhlarga bo’linishi yalpi tus olgan. Hindistonda 20-a.ning 40-y.larida 3,5 ming K. va kichik K. bor edi. O’rta asrlarda Hindistonda K. bir necha pog’onani hosil qilgan: eng yuqori pog’ona — brahmanlar va harbiy er ega- larining K.i yirik va o’rtahol mulkdor- lardan tashkil topgan; ulardan quyiroq pog’onani savdogar-sudxo’rlar egalla- gan; bulardan keyingi pog’onadagi za- mindorlar kastasi mayda mulkdorlar va dehqonlar bo’lib, jamoaning to’la huqukli a’zolari hisoblanishgan, yana- da quyi pog’onaga ko’p sonli ersiz va to’la huquqqa ega bo’lmagan dehqonlar, hunarmandlar va xizmatkorlar kirgan; ularning eng past qatlami huquqsiz va eng ezilgan “hazar qilinganlar” (pariyalar)ning K.idir. Hindiston Konstitusiyasi (1950) K. tengligi va “hazar qilinganlar”ning yuridik teng huquqliligini e’tirof etdi.