Kassiterit

Kassiterit (Yun. Kassiteros — qalay), qalaytosh —oksidlar sin- figa mansub mineral. Kimyoviy for- mulasi SnO2. Tarkibida Fe2O3 (13% gacha), Ta2o3, Nb2O3 (9% gacha) va h.k. qo’shimchalari bor. Qalayning mikdori 78,6%. Tetragonal singoniyali. Dipi- ramidal, ustunsimon, ninasimon kri- stallar va donador agregatlar holida uchraydi. Rangi qo’ng’irdan qoragacha, ba’zan sariq, qizg’ish. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 6-7. Zichligi 6-7 g/sm3. Ko’pincha qo’ng’ir, ba’zan jigar- rang, olmosdek yaltiraydi. Gidroter- mal, greyzen, pegmatit va sochma konla- ri ma’lum. K. konlari, odatda, nordon intruziv tog’jinslari (granit) b-n bog’liq. Hosil bo’lishi magmatikdan gi- pergengacha. K.ning eng istiqbolli sa- noatbop to’plamlari gidrotermal kvars- kassiterit va sulfid kassiteritli ertomirlarda uchraydi. K. O’zbekistonda 20-a.ning 30-y.larida topilgan, hoz. bir necha turi ma’lum. K. konlari Oltintog’, Turkiston, Qoratepa, Zirabuloq – Ziyovud- din, Sultonuvays tog’i, Hisor tog’larida bor. Xorijda K. konlari RF (Primore), Ukraina, Malayziya, Tailand, Indoneziya, Xitoy, Boliviya, Nigeriya va b. joylarda aniqlangan. K. — qalayning asosiy ru- dasi. Ayni vaqtda kontsentratdan Nb, ta kabi noyob metallar ham ajratib olina- Di. Oltintog’K. rentgenogrammasi dunyo- da qabul qilingan aniqlagich (Mixeev, 1957)da etalon sifatida qabul qilingan.