ZIRO

ZIRO — qadimgi uzunlik o’lchov birligi; ko’pgina Sharq mamlakatlarida qo’llanilgan. Forsiylarning gaziga, turkiylarning qarisita to’g’ri keladi; o’rtacha qiymati 54,04 santimetr. Ishlatilish joyiga qarab har xil qiymatga ega bo’lgan. Eronda Ziro = 1 gaz bo’lsa, Turkiyada (hozirgi vaqtda) 1 Ziro = 65 santimetr. Boburiylar davlatida shoh Zirosi mavjud bo’lib, u 81,28 santimetrga teng bo’lgan. Akbarshoh 1 Zironi 83,31 santimetr deb belgilagan. Agrada 1647 yilda rasmiy ravishda 1 Ziro = 81,28 santimetr deb qabul qilingan. Musulmon mamlakatlarida qo’llanilgan Zironing yana 48,9 santimetrdan 145,608 santimetrgacha qiymatlarga ega 20 dan ortiq turi mavjud bo’lgan.