ZICHLIK
ZICHLIK (r) — 1) moddaning asosiy tafsilotlaridan biri; son jihatdan jismning hajm birligidagi massasiga teng: p = f, bunda r — jism zichli gi, t — massasi, V— hajmi. Bir jinsli moddaning Zichliki uning barcha nuqtalarida bir xil, bir jinsli bo’lmagan moddalarda esa Zichliki jism hajmining turli nuqtalarida har xil bo’ladi. Zichlikning si dagi o’lchov birligi kg/m3, SGS da esa g/ sm3. Ko’pincha tizimga kirmagan o’lchov birliklari — kg/l, t/m3 ham ishlatiladi. Modda Zichliki, odatda, temperatura ortishi bilan kamayadi va bosim ortishi bilan ortadi (suvning Zichliki traning 4° gacha pasayishida ortadi, temperaturaning keyingi pasayishida Zichliki ham kamayadi). Moddaning bir agregat holatidan ikkinchisiga o’tishida Zichlik sakrashsimon o’zgaradi. Xususan, qattiq holatdan suyuq holatga yoki suyuq holatdan gazsimon holatga o’tishida modda zichligi tez kamayadi (lekin cho’yan va suv qattiq holatdan suyuq holatga o’tishida Zichlik tez ortadi. Suyuq holatdan qattiq holatga o’tishida esa, aksincha, Zichlik anomal kamayadi). Ikki modda Zichliki nisbatiga nisbiy Zichlik deyiladi. Odatda, nisbiy Zichlik suyuqlik va gazlar uchun distillangan suv Zichlikiga nisbatan, gazlar uchun esa quruq havo va vodorod Zichlikiga nisbatan aniqlanadi; masalan, ideal gazlar uchun nisbiy Zichlik: r’=tg = ts ushbu ifoda vodorod Zichlikiga nisbatan (|xo=2) olingan Zichliklarni aniqlash orqali gazning molekulyar og’irliklari topiladi; 2) elektr tokida — elektr tokining asosiy tafeilotlaridan biri; tok yo’nalishiga tik yo’nalishdagi yuza birligi orqali 1 sekundda o’tadigan elektr zaryadiga teng.