Kramskoy Ivan Nikolaevich

Kramskoy Ivan Nikolaevich [1837.27.5(8.6), Voronej viloyati — 1887.24.3(5.4), Peterburg] — rus ras- somi va badiiy tanqidchisi. Peterburg Bada ta’lim olgan (1857-63). Badagi akademik san’atga qarshi chiqqan “14 lar qo’zg’oloni” rahbari, demokratik yo’nalishdagi rassomlarning birin- chi tashqiloti — rassomlar arteli- ning tuzuvchisi, birodarlik harakati yo’lboshchisi va tashqilotchisi. Portret janridagi faoliyati rassomning iste’- dodini to’liq namoyon etdi: “L. N. Tol- stoy”, “I. Shishkin” (1873), “M. Salti- kov-Shchedrin” (1879) va b.; oddiy xalq portretlarini yaratishga ahamiyat berdi (“Miva Moiseev”, 1882; “Dehqon”, 1883 va b.). “Iso sahroda” (1872) asarida af- sonaviy qahramonga hayotiy talqin baxsh etdi. Mavzuli kompoziyasiyalari portret kartivaga yaqin va ko’p holdarda kam ki- shilik. K. estetik qarashlari rus demo- kratik san’ati taraqqiyotida muhim rol o’ynadi, u rassomlarni milliy san’- at yaratishga da’vat etdi, hayotni butun borlig’i b-n ifodalashga chaqirdi.