KRANIOLOGIYA

KRANIOLOGIYA (Yun. kranion — kalla suyagi va …logiya) — anatomiyaning bir bo’limi; antropologiyada butun kal- la suyagi hamda aloxdtsa qismlarining turli shakli va o’lchamlarini o’rganish. Antropogenez to’g’risidagi ta’limotda odam va maymunlar evolyusiyasining tur- li davrlariga tavsif berishda K. ma’- lumotlaridan ham foydalaniladi. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida odam qiyofasini tiklash usulini yaratdi va shu usul b-n bir necha tarixiy shaxslar (Amir Temur, Ivan Grozniy, Rudakiy, Shohrux, Ulug’bek va b.)ning qiyofasini — haykal-portretini tikladi.