Krasnogorsk

Krasnogorsk — Toshkent vilo- yatidagi shaharcha (1955 y.dan). Yangiobod shahar Kengashiga qarashli. Toshkent sh.dan 40 km. Yaqin t. y. stantsiyasi — Chig’iriq (45 km). Chatqol tog’ining Jan.- g’arbida, 750 m balandlikda. Aholisi 13,2 ming kishi (2002). Chovlisoy va so- vur ariqlaridan suv oladi. Dastlab Chov- lisoy nomi b-n yuritilgan. 1953 y. K. nomini olgan. Shaharchada Navoiy kon- metallurgiya kti filiali joy-lashgan. Aloqa bo’limi, 3 umumiy ta’lim, sport maktablari, bolalar san’at maktabi, ma- daniyat uyi, kutubxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari bor.