“KOSPAS—SARSAT”

“KOSPAS—SARSAT” — dengiz kemalari va samolyotlarga o’rnatilgan va avariya holatlarida yordamga chaqiradigan radiosignallar koordinatalarini aniqlaydigan er sun’iy yo’ldoshlari (ESY) tizimi nomi; kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ularni tadqiq etish bo’yicha SSSR va AQSh o’rtasida tuzilgan shartnoma aso- sida qurilgan. “K. — S.”tizimining “KOSPAS” qismi SSSRning dengiz Flo- ti vazirligining buyurtmasi, “SARSAT” qismi esa AQSh (NASA, R. Garvard nomi- dagi markaz), Kanada (aloqa vazirligi) va Frantsiya (kosmik tadqiqotlar mil- liy markazi) ning buyurtmalari asosida shakllangan. Qutb yaqinidagi doiraviy orbitalarda parvoz qiladigan Esylari, avariya holatidagi radiobuy, axborotlar- ni kabul qilish punktlari, tizim Mar- kazlarini o’z ichiga oladi.