Kostroma

Kostroma — RF dagi shahar, Kostroma viloyati markazi. Volga da- ryosining har ikkala sohilida. Port. T.y. stantsiyasi. Aholisi 289,4 ming kishi (1998 y.). To’qimachilik sanoa- tining (asosan, zig’ir tola) qad. Mar- kazi. Mashinasozlik (“Motordetal”, eksqavator, “Kostromatekstilmash” z-dlari), yog’ochsozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish Mate- riallari ishlab chiqariladi. 3 oliy o’quv yurti, drama teatri, tarixiy-me’moriy muzey-qo’riqxonasi, tasviriy san’at mu- zeyi, yog’och me’morchiligi muzeyi, Bogo- yavlenie monastirining sobori (16-a.), Ipatiy monastiri ansambli (16-18-a. lar), Voskresenie cherkovi (17-a.), shahar markazining mumtoz majmuotlari: savdo rastalari (18-a. oxiri — 19-a. boshlari), ma’muriy binolar (19-a.), o’t o’chirish mi- norasi (19-a. boshi), gauptvaxta (19-a.) saqlangan. K.ga 12-a.da asos solingan.