Kortikosteroidlar

Kortikosteroidlar [lot. cortex (corticis) — po’stloq], adrenokorti- kosteroidlar — buyrak usti bezlarining po’stloq qavatidan ishlanib chiqadigan steroid gormonlar guruhi (q. Steroid- lar). K. tarkibida 21 ta uglerod atomi bor. Barcha K. pregnan hosilalaridir. Organizmda xolesterjdan hosil bo’ladi. Fiziologik ta’siriga ko’ra, 3 guruhga bo’linadi: 1) organizmda, asosan, mine- ral almashinuviga ta’sir etadigan mod- dalar — mineralokortikoidlar (al- dosteron, kortikosteron, dezoksikor- tikosteron); 2) uglevodlar va oqsillar almashinuviga ta’sir etadigan moddalar — glyukokortikoidlar (kortizon, gidro- kortizon, kortikosteron); 3) jinsiy gormonlarga o’xshash ta’sir etadigan ste- Roid moddalar (androgenlar va progeste- Ron). Organizmda K. etishmay qolganida Addison kasalligi (bronza kasalligi), ko’payib ketganda esa itsen-ko-Kushing kasalligi paydo bo’ladi. K. preparatlari tibbiyotda keng qo’llaniladi.