Korsakov sindromi, korsakov amnestik sindromi

Korsakov sindromi, korsakov amnestik sindromi — ruhiy ka – sallik. Rus psixiatri S. S. Korsakov aniqlangan (1887). Bunda, asosan, xotira bo’ziladi. Bemor hozirgina bo’lib o’tgan voqea-hodisalarni eslay olmaydi, AK- sincha, bir necha yil ilgari bo’lib o’tgan voqealarni xotirasida saqlab qoladi. U qaerda turgani, vaqt, sana, atrofida- gi kishilarning ismlarini to’g’ri aytib berolmaydi. Hozir nima ovqat egani, kimni ko’rgani, ular nomini eslay ol- maydi. O’zi yashab turgan joyi, xona- si va karavotlarini adashtiradi, bir daqiqa oldin aytilgan so’zlarni darrov yodidan chiqarib qo’yadi. Bemorning bi- lim darajasi, malakasi, kasb-mahorati saqlanib qolgani holda, yangi narsalar- ni o’zlashtira olmaydi. K. eda soxta xo- tirlash (konfabulyasiya) va tez charchash, lohaslik (asteniya) alomatlari birga kuzatiladi. K. s. yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, bosh miyaning shikastla- nishlari va atrofiyasi b-n bog’liq kasal- liklarda uchraydi.