Korall poliplar, Marjon poliplar
Korall poliplar, Marjon poliplar (Anthozoa) — dengiz bo’shliqichlilari sinfi. Koloniya bo’lib, ayrim turlari yakka yashaydi; medo’za hosil qilmaydi. Ko’pchiligi ohak yoki mu- guz skeletli. Yakka yashovchi K.p. skeletsiz. Koloniyadagi ayrim individlar tsilindr shaklida; tanasi asosi b-n koloniyaga yopishib o’sadi. Yakka yashovchi K.p. tovoni yordamida substratga yopishib oladi. To- vonining qarama-qarshi tomonida joy- lashgan og’zi paypaslagichlar b-n o’ralgan. Gastral bo’shlig’i radial to’siklar (me- zenteriylar) yordamida kameralarga bo’lingan; ektodermal halqumi og’zidan kameralar bo’shlig’iga osilib to’shadi. Jinsiy va jinssiz ko’payadi. Jinsiy hujayralari mezenteriy to’siqlar en- dodermasida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan planula lichinkasi bir oz suzib yurgach dengiz tubiga yopishib, voyaga etgan polipga aylanadi. Yakka yashovchi aktiniya- lar bo’yiga bo’linib ko’payadi. K.p. 6 nur- lilar va 8 nurlilar kenja sinflariga bo’linadi. 6000 ga yaqin turi ma’lum. Ko- loniya bo’lib yashovchi kizil qorall va yakka yashovchi aktiniyalar ko’pchilikka ma’lum.