Korandalik
Korandalik — erni ijaraga olish turi. K.da ijara haqi er egasi- ga hosildan hissabay to’lanadi. Aso- san, rivojlanmagan mayda q.x. ishlab chiqarishiga xos. K. ayrim rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Italiya, Ispa- niya va b.) hozir ham qisman uchraydi. Sharqdagi ko’pgina mamlakatlarda K. ijara munosabatlari shakllarida etakchi o’rinni egallaydi. O’zbekistonda 20-a.ning 20-y.lari oxiriga qadar keng tarqalgan edi. K.da mayda dehqonlar hosilning bir qismi — 1/4 dan 1/2 qismigacha olishga bay- lashib ishlaganlar. 30-y.lar boshidan dehqonlarni yalpi k-zlarga birlashti- rish b-n K.ga barham berilgan. 20-a.ning 90-y.laridan boshlab O’zbekistonda shar- tnoma asosida q.x. mahsulotlari etish- tirish bo’yicha shirkat xo’jaliklarida er ijarasi munosabatlarida yuzaga kelgan oila pudrati K.ning bir ko’rinishidir.