Kosmik geodeziya
Kosmik geodeziya – geodezit- ning maxsus bo’limi; unda ilmiy va ama- liy muammolar er sun’ip yo’ldoshlari tizimi va b. kosmik apparatlar hamda Oyni kuzatish orqali echiladi. K. g.ning asosiy vazifalari: xalqaro miqyosda qabul qilingan dastur orqali er sir- tidagi nuqtalarning o’zaro joylashish- larini aniqlash; referents-ellipsoid markazini erning og’irlik markaziga nisbatan aniqlash; punktlarning mutlaq koordinatalarini er og’irlik markaziga nisbatan topish va yagona dunyoviy koor- dinatalar tizimini yaratish; barcha Geo- dezik tizimlar orasidagi bog’liqlikni ta’minlash; erning tashqi gravitasiya maydoni va er shaklini aniqlash; Geo- deziya fanining ba’zi fundamental o’zgarmas miqdorlarini uzluksiz ra- vishda aniqlab turish. K. g.ga oid dast- labki ishlar 18-a. 2-yarmida amalga oshi- rilgan. Lekin 20-a.ning 60-y.laridan boshlab, K. g. masalalarini hal etishda Er sun’iy yo’ldoshlaridan foydalanib kelinmoqda. K. g.ning geometrik va Dina- mik masalalari ham bor. Er sirtidagi va kosmik apparat yuzasidagi nuqtalarning o’zaro vaziyatini biror koordinata si- stemasida aniqlash geometrik masala; kosmik appa-ratlarning orbita element- lari asosida er gravitasiya maydoni Pa- rametrlarini aniqlash dinamik masala hisoblanadi.