Korneychuk Aleksandr Evdokimovich

Korneychuk Aleksandr Evdokimovich [1905.12 (25). 5, Xristinovka stantsiyasi (hoz. Cherkassi viloyati) — 1972.14.5, Kiev] — ukrain dramaturgi va davlat arbobi. Ukraina FA (1939), SSSR FA (1943) akad. “Eskadraning haloqati” (1933), “Haqiqat” (1937), “Platon Kre- chet” (1934), “Bogdan Xmelniskiy” (1939) pesalari ukrain dramaturgiya- sida muhim urin tutadi. “Ukraina chul- larida” (1941), “Front” (1942), “Makar Dubrava” (1948), “Bodrezakzor” (1950), “Mening do’stlarim” (1970) va b. pesa- larida 2-jahon urushi va undan keying yillardagi xalqlar hayoti va mexnati tasvirlangan. “Platon Krechet”, “Eska- dra haloqati”, “Front” va b. asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan, ba’zila- ri o’zbek teatrlarida sahnalashtirilgan.