ZOKIR ESHON

ZOKIR ESHON (laqabi Zokirgov) Rustam Mehtar o’g’li (1824, Qo’qon — 1898, O’sh) — qadimgi o’zbek xalq teatri namoyandalaridan. Bidiyorshumning shogirdi. 19 asr 2 yarmida Qo’qon o’zbek professional aktyorlar to’dasi (“Kasabai sozanda” uyushmasi) ning Koror farmoni. Xalq og’zaki komediyalari ijodkori. “Xon hajvi”, “Zarkokil”, “Mozor” (“Avliyo”), “Sirkataroq azizlar”, “Hoji kampir”, “Farzand duosi”, “Qalandarlar”, “Kigiz o’g’risi”, “Xatna”, “Attorlik” kabi 50 dan ortiq og’zaki komediya yaratgan. Komediyalarida kuchli ijtimoiy mavzu ko’tarilib, hayotning salbiy jihatlari fosh qilingan. Bosh qahramonlar obrazini ko’pincha o’zi ijro etgan.