6 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro urush sabab yetim qolgan bolalar kuni.
? Pravoslav cherkovida Rojdestvo arafasi.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Texnologiyalar kuni.
?? Bolgariya – Yordan kuni.
?? Germaniya, ?? Ispaniya – Uch qirol kuni.
?? Islandiya – Yol bayrami.
?? Irlandiya – Kichkina rojdestvo.
?? Iroq – Qurolli kuchlar kuni.
?? Italiya – Befan kuni.
?? Laos – Patet Lao kuni.
?? Latviya – Yulduzli kun.
?? Meksika – Tibbiyot hamshiralari kuni.
?? Yamayka – Maruanlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1066 – Garold Godvinson Angliya qiroli bo‘ldi.
  • 1217 – Qilichbardorlar ordeni Novgorod yerlariga bosqin uyushtirishdi.
  • 1579 – Aras uniyasi tuzildi.
  • 1813 – Aleksandr I Vatan urushi oxirida manifestga imzo chekdi.
  • 1834 – “Xudo podshohni asrasin!” Madhiyasi Rossiya imperiyasining madhiyasi sifatida qabul qilingan.
  • 1896 – aka-uka Lyumerlar tomonidan “La Kiotat vokzaliga poezdning kelishi” filmining (1-film) premyerasi bo‘ldi.
  • 1912 – Nyu-Meksiko AQShning 47-shtatiga aylandi.
  • 1929  – Sut birinchi marta amerikaliklarga shisha butilkalarda emas, balki qog’oz qutilarda taklif qilingan.
  • 1937 – SSSRda ikkinchi Butunittifoq aholini ro‘yxatga olish amalga oshirildi.
  • 1943 – Qizil armiya uchun pogonlar ishlab chiqildi.
  • 1978 – AQSH Davlat kotibi Sayrus Vens Vengriya hukumatiga Ishtvan tojini qaytarib berdi.
  • 1992 – Gruziya prezidenti Gamsaxurdiya hokimiyatdan agʻdarildi.
  • 1992 – Togli Qorabog’ Respublikasi oʻz mustaqilligini e’lon qildi. Aslini olganda respublikada yashovchi armanlar Armaniston davlati yordamida bu hududning tub aholisi boʻlgan ozarbayjonlarni u yerdan haydab chiqarib, oʻzlari hokimiyatni egallab olishdi.
  • 1994 – Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
  • 1994 – “Toshkent–Jizzax” elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • 2003 – Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani tashkil etildi.
  • 2005 – O‘zbekiston Sudan bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
  • 2015 – Yerga o‘xshashlik Indeksi juda yuqori bo‘lgan ekzoplaneta – Kepler – 438 b kashf qilindi.
  • 2021 – AQSh Kapitoliysining bosib olinishi.
  • 2022 – Qozog’istonda KXShT operatsiyasining boshlanishi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1367 – Richard II (1400) – Angliya qiroli (1377-1399).
  • 1412 – Janna D’Ark (1431-yil gulxanda yoqilgan) – orlean qizi, fransuz milliy qahramoni.
  • 1596 – Bogdan Xmelnitskiy (1657) – Zaporojye qo‘shinlari getmani, ukrain harbiy va davlat arbobi.
  • 1812 – Melxoro Akino (1919) – filippin inqilobchisi, “Inqilobning Buyuk ayoli”.
  • 1822 – Genrix Shliman (1880) – nemis arxeologi, Troya qoldiqlarini toogan olim.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1832 – Dore Gyustav (1883) – Fransuz grafik rassomi.
  • 1848 – Xristo Botev (1876) – bolgar shoiri, inqilobchi va milliy qahramon.
  • 1883 – Jubron Xalil Jubron (1931) – arab yozuvchisi, faylasuf, rassom. Arab, ingliz tillarida ijod qilgan.
  • 1904 – Nikomarov Naum (1947) – O‘zbekiston xalq artisti (1950).
  • 1909 – Sulaymon Qosimov (1976) – aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1944).
  • 1913 – Loretta Young (2000) – amerikalik kinoaktrisa. 
  • 1922 – Xalilov Nabijon (2002) – dirijyor, kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti (1989).
  • 1938 – Adriano Chelentano – italiyalik kinoaktyor, qo‘shiqchi, kinorejissyor, jamoat arbobi.
  • 1939 – Valeriy Lobanovskiy (2002) – sovet futbolchisi, sovet va ukrain futbol murabbiyi.
  • 1955 – Rouen Atkinson (Janob Bin) – ingliz aktyori, ssenariynavis, prodyusser.
  • 1986 – Petter Nortug – norvegiyalik chang’ichi, ikki karra Olimpiya chempioni, 13 karra jahon chempioni.
  • 1986 – Irina Sheyk (Irina Shayxlislamova) – rossiyalik supermodel va aktrisa.
  • 1996 – Kortni Eaton – avstraliyalik kino va televidenie aktrisasi, model.