ZOKONIY NIZOMIDDIN UBAYDULLO

ZOKONIY NIZOMIDDIN UBAYDULLO (1270/1280 – Eron – taxminan 1370) –fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira janri) asoschisi. Zakon va Bag’doddagi bilim maskanlarida ta’lim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Zokoniyning “Navodir ul-amsol” (“Nodir masallar”), “Axloq ul-ashrof” (“Zodagonlar axloqi”), “Sad pand” (“Yuz nasihat”) kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. “Mush-u-gurba” (“mushuk ila sichqon”) kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining ko’plab tillariga, shuningdek, o’zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907 -09 yillarda bir necha bor chop etilgan.