Kimyoviy reaktsiyalar

Kimyoviy reaktsiyalar – bir turdagi kimyoviy moddalarningtarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni. K.r.ni kimyoviy tenglama b-n ifodalash mumkin, mas, sulfat kis- lotaga ruh ta’sir ettirilganda ruh sulfat va vodorod gazi hosil bo’ladi: H2SO4+Zn=ZnSO4+H2T. K.r.da atomlar o’zgarmaydi, bir birikmadan ikkinchi- siga o’tadi, xolos. Kimyoviy jarayonlar- da to’g’ri (qaytmas) reaktsiya (mas, vodo- rod yodidning vodorod va yoddan hosil bo’lishi: N2+12->2N1) b-n bir qatorda, qaytar reaktsiya (mas, vodorod yodid- ning parchalanishi: 2HI<=>H2+I2) ham sodir bo’ladi. K.r.da ishtirok etadigan elementlarning oksidlanish darajadari (valentlikla- ri) o’zgarsa, bunday reaktsiyalar oksidla- nish-kaytarilish reaktsiyalari deyiladi. K.r.da molekulalar, atomlar va ionlar ishtirok etishi mumkin. Shunga ko’ra, re- aktsiyalar uchga bo’linadi: oddiy, ionli va radikal reaktsiyalar. Oddiy reaktsiyalarda molekula- lar o’zaro reaktsiyaga kirishadi, mas, N2+S12=2NS1. Ionli reaktsiyalar ion- lar ishtirokida boradi, mas, N++on~ =N2O. Radikal reaktsiyalarda oraliq mahsulot sifatida albatta erkin radi- kal hosil bo’ladi. Radikal reaktsiyalar, odatda, zanjir tarzida boradi (k,. Zan- jir reaktsiyalar). To’g’ri va teskari reak- tsiyalar tezligi teng bo’lganda sistemada kimyoviy muvozanat karor topadi (q. Ki- myoviy termodinamika). Murakkab reaktsiyalar, parallel reak- tsiyalar, ekzotermik reaktsiyalar, endoter- mik reaktsiyalar, qattiq fazali reaktsiya- lar ham mavjud.