Kefallar
Kefallar (Muqiliformes) — suyak- li baliklar turkumi. Uz. 30 sm dan 3 m gacha, vazni 40 kg gacha (barrakuda). Jabra pardasi 6-7 yoyli. Suzgichlari tikan- li, orqa suzgichi 2 ta, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari tsikloid yoki kte- noid. 3 oilasi, jumladan, kefallar va barrakudalar, 150 turi malum. Tropik va mo”tadil iqlimli dengizlarning qirg’oqqa yaqinroq qismida yashaydi. De- Trit, bentos hayvonlar va baliklar b-n oziqlanadi. Okeanlarda Loban yoki sin- gil, o’tkir burunli kefal, Hindiston kefali va b. keng tarqalgan. Ayrim tur- lari uzoq, Sharq, qora va Kaspiy dengiz- lari sohillarida ham uchraydi. Og’zidagi tishlari maxsus chuqurchada joylashgan. Yon chi-zig’i bo’lmaydi; boshi kichik, te- Padan pastga qarab siqilgan. K. juda tez suzadi; suvdan sakrab (uchib) chiqish Xu- susiyatiga ega. Keng tarqalgan lobanning uz. 90 sm gacha, vazni 6,7 kg gacha. Bentos- dagi chirindi b-n oziqlanadi; 6-7 yoshi- da voyaga etadi. K. sanoat ahamiyatiga ega.