Kobalt rudalari

Kobalt rudalari — tar- kibida kobalt bo’lgan rudalar, bun- da ajratib olingan kobalt mikdori iqtisodiy jihatdan samarali bo’lishi lozim. K.r.ning asosiy minerallari: linneit Co3S4 (kobalt 57,96%), kobal- tin CoAsS (kobalt 35,4%), skutterudit CoAs3 (kobalt 20,7%), sferokobaltit So (so), (kobalt 50-55%), safflorit CoAs2 (kobalt 2,23%). Kobalt ning sa- noatbop mikdori nikel, mis va temir konlarida bo’ladi. Kobaltning rudada- gi mikdori juda kam (4% gacha). Asosan, nikel-kumush, mis-kol-chedani, temir va b. konlarda birikma holida uchraydi. K.r. uch xil: 1) mishyak-kobalt rudala- ri — asosiy minerallari skutterudit CoAs3 (16% -20% kobalt), shmaltin- xloantit (so, Ni) As32 (kobaltinning mikdori 1-5% dan 20% gacha); 2) ko- Balt aralashgan temir va nikel ruda- lari — asosiy minerallari — pirit (kobalt 0,01% dan 2,5% — 3% gacha) va pentlandit (kobalt 0,4% dan 2,5% gacha); 3) oksidlangan kobalt rudalari. Aso- siy minerallari — eritrin, asbolan va b. K.r.ning dunyodagi zahirasi 6 mln. t dan ortiq. Eng yirik konlari Zambiya, Avstraliya, Indoneziya, Marokash, kana- da, RF (Murmansk viloyati, Krasnoyarsk o’lkasi), Qozog’iston, Ukraina va b. joy- larda topilgan. O’zbekistonda hozircha alohida kobalt konlari aniqlanmagan, biroq Olmalikdagi mis-molibden ru- dalari tarkibidagi pirit mineralida 700-800 g/t kobalt uchraydi.