Kirill yozuvi

Kirill yozuvi — kad. slavyan- larning ikki alifbosidan biri (ik- kinchisi — glagolisa). “K.”atamasi xristianlikning slavyanlar orasidagi targ’ibotchiisi Kirill nomi b-n bog’liq . K.yo. yunonlarning untsial yozuvi asosida paydo bo’lgan. Slavyanlardagi tovushlar- ni ifodalash uchun mazkur yunon yozuvida harflar (jami 24 ta) etishmas edi. Bu to- vushlar uchun maxsus (ba’zilari glagoli- tsa b-n bog’liq holda) belgilar yaratildi. K.yo.ning kad. yodgorliklari kad. bol- gar Mostich (10-a.), shoh Samuil (11-a.) qabrtosh xatlari, Suprasl (16-a.) yil- nomasi va b.; Sharqiy slavyanlar bo’yicha esa Ostromir Injili, beresta (qayin po’stlog’iga yozilgan) yorliqlari va b.dan iborat. K.yo.ni dastlabki pravoslav sla- vyanlar va, shuningdek, ruminlar (19-a. gacha) qo’llagan. K.yo.ning tarkibi va shak- llari vaqt-vaqti b-n o’zgartirib turil- gan. Rossiyada 1708 y. Petr I Farmoyi- shiga ko’ra, bosma K.yo. rakami iste’mol- dan chiqarilgan. Bolgar, Belorus, rus, serb, ukrain yozuvi slavyan K.yo. asosida (qo’shimcha harflar va diakritik belgi- lar kiritish b-n) yaratilgan. Ko’pgina xalqlar rus tilida 1930— 40-y.larda amalda bo’lgan K.yo.ga ayrim o’zgartishlar kiritib, o’z yozuvlarini belgiladilar. O’zbekistonda 1940 y. mazkur yozuvdan TSh, i harflarini chiqarib tashlab, o’, q, G’, h harflarini ilova qilgan holda rus K.yo.i qabul qilindi. 1996 y. lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tila bosh- landi.