Ildiz

Ildiz (radix) — o’simlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq moddalarni so’rib olish, o’zida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni o’simlikning er ustki qismi (poyasi, bar- glari) ga ko’tarib berish funktsiyasini bajaradi. I. tuproqqa mikroflora ri- vojini tezlashtiruvchi har xil birikma- lar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, I. ba’zi orga- nik moddalarni sintez qiladi. Ko’pgina o’simlik I. vda zaxira to’planadi. Tuban o’simliklar, lishayniklar, yo’sinsimonlar va ayrim zamburug’larda I. vazifasini rizoidlar (tuksimon va b. shakllardagi bir va ko’p hujayrali sod- da I.lar) bajaradi. I. ko’pincha ingich- ka tsilindrsimon yoki ipsimon bo’ladi. Urug’erga tushgandan keyin, murtakdagi I. rivojlanib, asosiy I. ga aylana- Di. Asosiy I. tarmoklanib, birinchi tartib, ular o’z navbatida tarmokla- nib, ikkinchi tartib va h.k. yon I. hosil qiladi. Asosiy va yon I. lardan tashqari ko’pgina o’simliklarda poya va barglardan o’sib chiqadigan qo’shimcha I. uchraydi. O’simlik poyasini tuproqqa ko’mish yo’li b-n qo’shimcha I. paydo qilish mumkin. Pomidor, kartoshka, makkajo’xori chopiq qilingandan keyin ko’plab qo’shimcha I. lar chiqaradi; bu I. lar o’simlikni mustahkamlab, oziqlanish sharoitini yaxshilaydi va hosilni ko’paytiradi. I. lar tuproqda tarqalishiga qarab o’q ildiz va patak ildizga bo’linadi. Asosiy I. yaxshi rivojlanib, yo’g’onligi va bo’yi b-n boshqalardan kattaroq bo’lsa, o’q ildiz deyiladi. Bu xildagi I. lar, asosan, ikki pallali o’simliklarga xos bo’lib, asosiy I. tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). O’q ildiz cho’l o’simliklarida 15-20 m gacha boradi. Patak ildizlar bir pallali o’simliklarga xos bo’lib, bularda asosiy I. barvaqt quriydi yoki butunlay pay- do bo’lmaydi, ba’zan esa o’sayotgan patak I. lar b-n bir xilda o’sadi (boshokdosh- larda). Ingichka oq I. chalar tukchalar b-n birga I.ning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10-15 sm, Diame- tri 0,6—1,0 mm va undan ortiq bo’ladi. Dag’allashgan, rangi qo’ng’irlashgan I.lar asosiy I. b-n birga I. tarmog’ining o’tkazuvchi qismini tashkil etadi. Faol qismdagi I. chalar uchi I. g’ilofi b-n qoplangan, g’ilof I.ni tuproq orasiga o’sib kirishda zararlanishdan saqlaydi. G’ilof ostida hujayralarning bo’linish — cho’zilish (o’sish) zonasi joylashgan, uning hujayralari juda tez o’sish Xu- susiyatiga ega. Bundan key-in differen- tsiallanish, ya’ni I. tukchalari zonasi (I. chaning asosiy qis-mi) keladi; suv va unda erigan oziq moddalar shu zonada so’riladi. Mac, g’o’zada tashqi muhit sha- roitiga qarab asosiy (bosh) I. erga 2 m va undan ham chuqur o’sib kiradi; chuqurga kirgan sari u ingichkalashib (yuqorida 1,5—2 sm dan pastki qatlamlarda 1-2 mm gacha) boradi. Yon I. lar yon tomonlar- ga 50-100 sm gacha tarqalib o’sadi. O’q I. nobud bo’lsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi tartib yon I.lar bajaradi, Le- kin bunda I. bo’yiga o’sa boshlaydi. Ko’p o’tlarning I.lari etdor bo’ladi (lavlagi, sabzi, turp va b.). Etdor I. lar kraxmal, har xil qandlar, shilim-shiq moddalar, inulin, gemisellyuloza va b. zaxira moddalarni saklash vazifasini bajaradi. Mac, lavlagi I. sa-xarozaga, kartoshkagul I. bo’rtmalari inulinga, gulxayri I.i kraxmal va shilimshiq mod- dalarga boy. Ad.: Usmanov A. N., Teoreticheskie Osnovi kornevogo pitaniya xlopchatnika pri poluchenii visokogo urojaya v uslo- viyax iskusstvennoy sredi, T., 1984. Abdukarim Zikiryoev.