Illyuzionizm, illyuziya san’ati

Illyuzionizm, illyuziya san’ati — 1) Dirk va estrada san’ati turi. Asosiy ifoda vo-sitasi — fokus. Maxsus apparatlar, qurilmalar (tagi ikki qavatli sandiq, idishlar, opti- ka asboblari) yordamida fokus kursa- tish, tomoshabin ko’zini chalg’itib, ep- chil harakatlar b-n “mo”jiza” yaratish. Qadimdan Misr, Yunoniston, Rim, shu- ningdek, Sharq mamlakatlarida I. tomo- shalari namoy-ish etilgan. Hozir fan va texnika yutuklari yordamida murakkab tomoshalar ko’rsatishga imkon yaratil- Di. I. san’ati b-n shug’ullanuvchi illyu- ziyachi deyiladi. I. san’atini rivoj- lantirishda g. Gudini, D. Kopperfild (AQSH), P. Sorkar (Hindiston), E. Kio, o’g’illari I. va E. Kiolar, Alli Vad, A. Akopyan (Rossiya) va b. ning xizmatlari katta. O’zbekistonda ham I. qadimdan mavjud bo’lib, o’zbek dirkida illyuzi- yachilar nayrangboz, ko’z bog’lovchi deb nomlangan. Ular suv ichib, olov purka- gan, og’ziga qog’oz, uvada ti-qib, rangli ip yoki lentalar chiqargan, “sehrli kosa” ga buyruq qilib, suv ulashgan, “Kashmir kitobi”ning oq sahifalarida turli yozuv hamda suratlar paydo qilgan, tuproqdan palov pishirgan, xanjar yutgan, sho- gird quloklaridan ip o’tkazgan, quyon, qarg’a, ilon ishtirokida turli fokuslar ko’rsatishgan. O’zbek nayrangbozlarining noyob san’ati Navoiy, Vosifiy asarla- rida aks etgan. Hoz. kunda I. o’yinlari Toshkent dirki va “sahnadagi Dirk” to- moshalarida alohida o’rin egallaydi. O’zbek illyuzionistlaridan F. Rajabov, P. Egamberdiev, T. Toji-Boev va b. rang- barang fokuslardan tu-zilgan qiziqarli dasturlar ko’rsati-shadi. Ular Germaniya, Misr, Xitoy, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Vetnamda o’z san’atla- rini namo-yish etishgan. O’zbek milliy an’anaviy dirkida nayrangbozlardan shohimardonlik L. Usmonov, Namangan- lik D. Umarov, A. Mamatov, xorazmlik A. Rahimov va B. Yusupov, qo’qonlik M. Tosh- Temirovlar barakali ijod qilmoqdalar; 2)tasviriy san’at asarlarida borliqni xuddi o’ziga o’xshatib ko’rinadigan dara- jada tasvirlash; I. da mavjud narsalar va borliq b-n uning tasviri orasidagi chegarafarqni yo’q qilish nazarda tuti- ladi. I. antik davr rangtasvirida paydo bo’lgan, Uyg’onish davrida muhim o’rin egallagan, barokko san’atining aso- siy tamoyillaridan biriga aylangan (mahobatli bezak san’atining Barok- ko uslubidagi in-tererlarida mavjud me’moriy bo’shliq cheksizlikka intila- yotgan tasviriy bo’shliqb-n qo’shilib ke- tadi). Shudavrda ishlangan tasvirlarda rassomlar perspektiva imkoniyatlaridan foydalanib murakkab kompozisiyalar yaratdilar, devor, shiplarga ishlangan rasmlar go’yo borliq b-n qo’shilib ketayot- gandek tasavvur hosil qiladi, tasvirlar devorlarni o’pirib cheksizlikka o’tib bo- rayotgandek, xonadagi ustun va devorlar shu cheksizlikning boshlanishidek tuyu- ladi. I. ko’proq mahobatli rassomlikka xos bo’lsa ham, ayrim rassomlar dastgox- li san’at (mas, rangtasvir, kam hollarda grafika natyur-mortlari) da ham I. dan foydalanishga intiladi. Po’lat Toshkanboev, Ne’mash Abdulla- eV.