Ichak

Ichak — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining bir bo’li- mi; hazm yo’li bo’limlarga ajralgan organizmlarda (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, barcha umurtqalilarda, jumladan, odam ham) hazm yo’lining me’dadan keyin keladi- gan qismi. Asosan, sut emizuvchilar icha- gi murakkab tuzilgan. Odam I. anchagina uzun, 4,5—9 m ga etadi. U, asosan, qorin bo’shlig’i va qisman kichik chanokda joy- lashgan. I.da ovqat uzluksiz harakatlanib hazm bo’ladi, oziq moddalar qonga so’riladi, hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari najas- ga aylanadi. I. devori, asosan, 3 qavat. Ichki qavat — shilliq parda, undagi hazm bezlaridan hazm shirasi va shilimshiq chiqadi; shu parda orqali oziq moddalar qonga so’riladi; bu parda kasallik mi- kroblariga halokatli ta’sir eta oladi. I. devoridagi ayrim limfa tugunlari va ularning to’plamlari ham mikroblar- dan himoya qilish vazifasini o’taydi. O’rta qavat — halqa shaklida (ichki) va uzunasiga (tashqi) yotgan silliq mus- kullardan iborat, ular to’lqin shaklida halqasimon qisqarib (q. Peristaltika), ovqatning aralashishiga, hazm shirasi- ni shimishiga va orqa chiqaruv teshigi- ga tomon surilishiga yor-dam beradi. I. bezlaridan shira chiqi-shini va peri- staltikani I. devoridagi nerv appara- ti tartibga soladi; ovqatning normal kimyoviy tarkibi xiyla o’zgarganda va ayniqsa, ichakka zararli moddalar tush- ganda I. sekresiyasi va peristaltikasi o’zgarib, zararli moddalarning suyuli- shiga va tezroqchiqarilishiga yordam be- radi. Tash-k,i seroz qavat — qorin par- dasi I. qovuzloqlarining sirg’anishini osonlashtiradi. Qorin pardasidan hosil bo’lgan ichaktutqich yordamida I. qorinning orqa devoriga yopishib turadi (I.ning ba’zi qismlari bundan mustas- no). Odamda I. ancha uzun bo’lib, 2 qism: ingichka ichak va yo’g’on ichakdan iborat. Odam ichagi qorin bo’shlig’i va kichik chanoqni to’ldirib turadi, jigar va me’- dadan pastda yotadi. Oldingi tomondan I.ni katta charvi berkitib turadi. I. de- vorlari qon va limfa tomirlari, limfa elementlari, bezchalar hamda nervlarga boy. I. faoliyati nerv va gumoral mexa- nizmlar (q. Neyro-gu-moral regulyasiya) orqali boshqariladi. Odam va ko’pgina hayvonlar I.da turli mikroorganizmlar (ichak florasi) bo’ladi. I. kasalliklari- dan appendisit, kolit, proktit, enterit, enterokolit, ichak buralishi va I. o’smasi ko’proq uchraydi.