ISTE’MOL ME’YORLARI
ISTE’MOL ME’YORLARI – aholi ning sihat-salomatligini ta’- minlash va ish qobiliyatini saklashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat va xizmatlarni iste’mol qilishning miqdoriy me’yorlari (o’lchami, hajmi, va b.). I. m. aholi iste’molini eng maq-bul darajaga keltirib, inson kamolotini ta’minlashga xizmat qiladi, miqdoran o’lchash mumkin bo’lgan tovarlar va xiz- matlarga nisbatan ishlatiladi. Har bir mamlakatda iqtisodiy holat, tabiiy- iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda i. t. muassasalari tomonidan MAK- simum va minimum I. m. tarzida ishlab chiqiladi. Maksimum I.m. eng ko’p is- te’mol etish me’yori bo’lib, inson shax- sini har tomonlama kamoloti uchun, eng ko’p iste’mol chegaralarini belgilay- Di. Oziq-ovqat is-te’moliga nisbatan fiziologik me’-yorlar qabul qilingan bo’lib, bu insonning qanday mehnat FA- oliyati b-n shug’ullanishi va qaerda yasha- shidan qati nazar qanday oziq-ovqatlar turlarini qanday miqdorda iste’mol eti-shini bildiradi. Bu me’yorlar tib- biyot nuqtai nazaridan qaralib, inson ovqatlanishdan bir kechayu-kunduzda 3200-3400 kilokaloriyaga teng energiya olishini va bunga ma’lum mikdoriy nis- batdagi mahsulotlar (mas, oqsil, yog’, VI- tamin va uglevodlar) is-te’moli orqali erishishni ko’zda tu-tadi. Bunda haddan tashqari ko’p va kam iste’mol qilish in- son sog’lig’iga za-rarli ekanligi Inobat- ga olinadi. Is-te’molning quyi me’yori inson uchun zarur minimal iste’moldan kelib chiqadi. BMT ning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ish- lab chiqqan me’yor buyicha bu ko’rsatkich 2300 kilokaloriyaga teng. Umuminsoniy me’-yorlar mamlakatlar, mintaqalar va hududlardagi tabiiy sharoit va is- te’mol ko’nikmalarini hisobga olib, aholini yoshiga, ish xarakteriga qarab tabaqalashtiriladi. Bu me’yor mas, Xi- toyda 2150, O’zbekistonda 2500 kaloriya qilib belgilangan. I. m. aholi yoshiga qarab tabaqalashganda 16 dan katta yosh- lilar 1 shartli iste’molchi bo’lsalar, bolalar 0,2, 0,3, 0,5, 0,7, 0,9 is-temolchi deb qabul qilinadi, shunga qarab maxsus me’yorlar belgilanadi. Nooziq-ovqat to- varlariga I. m. belgilanmaydi, chunki ularni tabiiy o’lchami yo’q, ularning is- te’moli did, moda va daromadga qarab tez o’zgarib turadi. Ammo kommunal xizmatlariga nisbatan I. m. ni qo’llash mumkin, bunda jon boshiga qancha elektr energiyasi, issiqlik, gaz, suv iste’mol etilishi hisobga olinib, bu resurelar iste’molining optimal bo’lishi ko’zda tutiladi. I. m. totalitar-rejali ti- zimda keng qo’llanilib, tabiatan yakka iste’mol ni bir qolipga solish, iste’- molni tenglashtirishga qaratilgan. Bo- zor iqtisodiyotida I. m. mo’ljal sifati- da bo’lib, bozor talabi qanday chegarada o’zgarishi mumkinligini bildiradi. Ahmadjon O’lmasov.