ZOTILJAM
ZOTILJAM, pnevmoniya — o’pka yallig’lanishi, o’pkaning infektsion kasalligi, mustaqil kasallik yoki boshqa kasalliklarning asorati qisoblanadi. Zotiljamni turli bakteriyalar (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar qo’zg’atadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi, jismoniy va ruhiy o’ta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi — intoksikasiya hamda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab bo’ladi, natijada yuqori nafas yo’llariga mikroblar o’tkir va surunkali, joyiga qarab chegaralangan sohalardagi yoki pnevmoniya (o’pkaning butun bir bo’lagi zararlanadi) va O’choqli bronxopnevmoniya farq qilinadi. Krupoz pnevmoniyani pnevmokokklar qo’zg’atadi. Mikroblardan tashqari organizmni kasallikka moyil qilib qo’yuvchi ba’zi omillar (masalan, shamollash) ham ta’sir etgandagina Zotiljam paydo bo’ladi. Shuning uchun krupoz pnevmoniya qishda ko’proq uchraydi. Ichkilikka mukkasidan ketgan kishilar (alkogoliklar) Zotiljamga ko’proq moyil bo’ladi. Krupoz pnevmoniya, odatda, to’satdan boshlanadi: temperatura birdan 39,5— 40° gacha ko’tariladi, bemor qattiq qaltiraydi, tez-tez yo’taladi, biqini, ko’kragi og’riydi, nafas olganda, yo’talganda va aksa urganida og’riq (sanchiq) kuchayadi. Sababi shuki, o’pkaning yallig’langan bo’lagini qoplagan plevra ham yallig’langan bo’lishi mumkin. Bemor tez-tez, yuza nafas oladi (halloslaydi), lunji qizaradi. Labi, burun kataklarining atrofiga uchuq toshadi, o’tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi, bemorning aqvoli og’irlashadi. Go’daklarda, ayniqsa, nimjon, chala tug’ilgan, raxit, anemiya, gipotrofiya bilan og’rigan bolalarda Zotiljam juda og’ir kechishi, agar o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilmasa, ko’pincha nohush holatlarga sabab bo’lishi mumkin. Sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar kashf etilguncha Zotiljam (ayniqsa bolalar va keksalarda) og’ir o’tib, ko’pincha o’limga olib kelar edi. Zamonaviy davolash usullari qo’llanila boshlagach, kasallik uzoqqa cho’zilmay bemor tez tuzaladigan bo’ldi. Zotiljamdan o’lish deyarli hamisha vrachga kech murojaat qilishda o’z vaqtida to’g’ri davolanmaslik oqibati hisoblanadi. Davosi. Kasallik zo’riqib ketgan bo’lsa, bemor kasalxonada davolanadi. Bemorni to’g’ri parvarish qilishning, shuningdek, antibiotiklardan to’g’ri foydalanishning ahamiyati katta. Salqin, toza havo uyquni va nafas olishni yaxshilaydi, shuning uchun bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib turish muhim. Ichimlik (choy, meva suvi), suyuq ovqat (sho’rva, ilitilgan tuxum, shirguruch, sut, sariyog’, qatiq, kefir, kisel va hokazolar) tez-tez berib turiladi. Bemor terlaganda quruq sochiq, araq yoki teng baravar suv qo’shilgan odekolon bilan artiladi. Ichi yurishishiga, siydigi kelishiga qarab turish zarur. Yurak-tomir sistemasi yaxshi ishlamaganda uning faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar buyuriladi, kisloroddan nafas oldiriladi va hokazo. Orqaga gorchichnik qo’yiladi, yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi (masalan, korglyukon, strofantin) va balg’am ko’chiruvchi dorilar tavsiya etiladi va boshqalar. Harsillash paydo bo’lsa, bemorning boshini balandroq qilib yotqizib qo’yish kerak. Bemor gigienik rejimga rioya qilishi, ochiq havoda sayr etishi, davo gimnastikasi bilan shug’ullanishi lozim. Kasallikning oldini olish, asosan, organizmning umumiy holatini yaxshilashga (chiniqish, badan tarbiya va boshqalar), yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar ichish) ni tark etishga, infektsiya manbalarini yo’qotishga va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilmog’i lozim. Ad.: Shamsiyev A. M., Ostriye destruktivniye pnevmonii u detey, T., 1966; Ubaydullayev A. M., Ginzburg V. S, klinikada o’pka funktsiyasini tekshirish, T., 1991.