Izopropil spirt, propanol-2, izopropanol
Izopropil spirt, propanol-2, izopropanol, (SN3)2 SNON — ikkilam- chi propil spirt. Rangsiz suyuqlik, mol. m. 60,09. Suyuklanish t-rasi — 89,5°, qaynash t-rasi 82,4°. Zichligi 785,5 kg/ m3. Suv va organik erituvchilar b-n tur- li nisbatda aralashadi; suv b-n azeotrope aralashma (kaynash t-rasi 80,2°; 87,7% I.s.) I. s. yog’qatori bir atomli ikki- lamchi spirtlarning (oddiy va murakkab efirlar hosil qiladi, on — guruhini galogen va b. b-n almashtirish mumkin) barcha xossalarini namoyon qiladi. De- gidrogenlanganda atsetonga aylanadi. Sulfat kislota ishtirokida aromatik birikmalar b-n kondensatlanib I. s. hosilalarini, mas, izopro-pilbenzol, izopropiltoluol beradi. Sanoatda propilenni gidratasiyaga uch-ratish yo’li b-n olinadi. Gidratasiya 70-75% li H2SO4 ishtirokida 70— 80° t-ra va 1,0—2,8 MPa bosim ostida o’tkaziladi. Xom ashyo sifatida neftni kreking va piroliz jarayonida hosil bo’ladigan, tarkibida 30-90% propi- lendan iborat propanpropilen fraktsi- yasi ishlatiladi; ammo xom ashyo sifatida sof propilen ham qo’llaniladi, chunki bunda ushbu jarayonni past bosim ostida o’tkazish mumkin. Jara-Yonning birin- chi bosqichida I. s, izopropil sulfat (CH3)2CHOSO,OH, H2SO4 va suvdan tashkil topgan muvozanat holatdagi aralashma (sulfat kislotali ekstrakt) hosil bo’lib, ikkinchi bosqichda u suv b-n birga qizdiriladi va hosil bo’lgan I. s. haydaladi. I. s. parafinlarni qavo ta’sirida oksidlab va b. usullar b-n ham olinadi. I. s. atseton, efirlar va b. orga- nik mahsulotlar i. ch.da, lok-bo’yoq, atir- upa, farmasevtika sanoatida erituvchi moylar, tabiiy smolalar, latekslar, antifrizlar uchun ekstragent sifatida qo’llaniladi. Izora — uy devorining er b-n tokcha orasidagi qismi. Ko’pincha tokchadan o’simliksimon o’yma naqsh (pax) b-n ajratiladi. I. sathi soddaroq is- limiy yoki girih b-n to’ldiriladi (goho ganchga o’yib ishlangan naqshlar b-n ham bezatiladi).