Ikki pallalilar, plastinka- jabralilar

Ikki pallalilar, plastinka- jabralilar (Bivalvia, Lamel-libranchiat) — mollyuskalar tipining sinfi. Tana- sining uz. bir necha mm dan 1,5 m gacha, vazni 30 kg, ba’zan 200 kg gacha (tridak- na), bilaterial simmet-riyali, yon tomon- dan yassilangan gavda va oyoqdan iborat. Boshi bo’lmaydi. Ko’pchiligining oyog’i bitta, ponasimon; tuban tuzilgan tur- larida yassi; harakatsiz yopishib yashay- digan turlarining oyog’i reduktsiyaga uchragan (mi-diyalar, dreyssenalar) yoki yo’qolib ketgan (ustrisalar). Ko’pchilik I.p. oyog’idagi bissus bezlari ishlab chiqaradigan bissus iplari yordamida sub-stratga mahkam yopishib olib yashaydi. Tanasi mantiya b-n qoplangan. Chig’anog’i tanasini yon tomondan yopib turuvchi ikki- ta palladan iborat. Chig’anog’ining ichki tomoni ko’pincha sadaf b-n qoplangan. Pallalar chetida chig’anoqni yopuvchi qulf (tish) hosil qiladigan o’simtasi bo’ladi. Chig’anoq pallalarining oldingi va key- ingi ichki yuzasida yopuvchi muskullar bor. Ayrim I.p. (marvariddorlar, mi- diyalar) mantiya-siga tushgan yot zarralar (qum)ni sadaf b-n o’rab olib, marvarid hosil qiladi. Jigari 3 bo’lakdan ibo- rat. Jabralari ko’pchiligida plastinka- ga o’xshash (sinfning ikkinchi nomi ana shundan kelib chiqqan). Nerv sistemasi 3 juft gangliydan iborat. Sezgi organ- lari kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq; ayirish sistemasi uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Ko’pchilik I.p. ayrim jinsli; ayrim turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. O’rug’lanishi tashqi, lichinkasi erkin suzib yuradigan veligir yoki gloxidiy. Ayrim turlari tuxumlari va lichinka- larini jabralarida olib yuradi. 20000 ga yaqin turi bor, asosan, dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda sadafdor- lar, marvariddorlar va baqachanoqlar tarqalgan. Suv tubida yashaydi. Suvni filtrlovchi detritofaglar, plantofa- glar, ba’zi turlari yirtqich. Baliqlar va b. dengiz hayvonlariga oziq bo’ladi. Ay- Rim turlari tosh yoki yog’ochni teshish xusu- siyatiga ega. Bir qancha turlari kemalar korpusi va gidrotexnik qurilmalarga katta ziyon keltiradi. Go’shti uchun ov- lanadi (midiyalar, ustrisalar). Ayrim turlari (marvariddorlar) marvarid olish va go’sht uchun boqiladi. Ba’zi I.p. suv qushlari parazitlarining oraliq xo’jayini hisoblanadi. Baqachanoqning lichinkasi chuchuk suv baliklari terisi- da parazitlik qiladi. O’zbekiston suv hav-zalarida I.p. mollyuskalarning 52 turi tarqalgan, jumladan, 5 turi ende- mik bo’lib, O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Ad.: Mavlonov O., Hurramov Sh., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1998.