Issiq elitishi
Issiq elitishi – tashqi muhitning yuqori t-rasi ta’sirida ba- Danning qizib ketishidan kelib chikadi- gan kasallik. yozda, saratonda yoki is-siq binoda uzok, ishlaganda I. e. mumkin. Ter bezlarining sust ishlashi, organizm- ning suvsizlanishi, suv ichish maromini buzish va b. sabablar b-n ter chiqmasligi yoki havoning juda nam bo’lishi, namni o’tkazmaydigan kiyim kiyish va sh. k. na- tijasida badandan ter bemalol bug’lanib ketmasligidan bo’ladi (q. Termoregulya- tsiya). Issiqqa har kim har xil chidaydi, buning ustiga biror kasallik b-n og’rib o’tishdan keyin, ich ketganda, bezgak tut- ganda, spirtli ichimliklar ichganda va shunga o’xshash hollarda odamning issiqqa chidami o’zgarishi mumkin. Qalqonsimon bez, yurak-tomir kasalliklari bo’lgan, semirib ketgan kishilar boshqa kishi- larga nisbatan tezroq qiziydi. Ayniqsa, yangi tug’ilgan va go’dak bolalar salga qizib ketadi. Organizm qizib ketgan- da gavda t-rasi avvaliga sekinlik b-n ko’tariladi, keyin tobora tez oshadi. Odam gavdasi qizib ketganda darmoni qurib, ba’zan boshi aylanadi. Zo’r berib terlash natijasida organizmdan ko’p suv va tuz chiqib ketadi. To’qimalarda suv kamayishi tufayli ter va siydik kam chiqadi, qon quyuklashib, tomirlarda qon harakati qiyinlashadi, to’qimalar kis- lorodga yolchimaydi, shuning oqibatida bosh miya faoliyati buziladi. I. e. to’satdan boshlanadi: gavda t-rasi 42-43° gacha ko’tariladi, bosh, orqa, oyoklar og’riydi, ba’zan ko’ngil ay- nib, odam qusadi, ich ketadi, yuz qizaradi va kerkadi, nafas olish va tomir uri- shi tezlashadi. Issiq qattiq elitganda hushsizlik, tirishish hollari kuzati- ladi, ko’z qorachiqlari kengayadi, ular yorug’dan ta’sirlanmaydi, badan ko’karib qoladi, ba’zan talvasa tutadi. Tez yordam: issiq elitgan kishini salqin joyga yotqizib, kiyimini echish, badaniga sovuq suv sepib, orom berish, fiziologik eritma quyish, sun’iy nafas oldirish, kislorodga yolchitish, yurak FA- oliyatini yaxshilaydigan dorilar berish va darhol vrachga murojaat qilish zarur (yana q. Oftob urishi). Oldini olish: issiq binolarni sha- mollatish (ventilyasiya yoki kondisioner yordamida), engil kiyim kiyish, ustdan sovuq suv quyib, tanani savitish, issiq tsexda ishlaganda gazli sho’rtang suv yoki meva sharbati, ayniqsa olcha suvi ichish kerak. Suv ichish rejimiga rioya qilinsa va ter bemalol bug’lanib tursa, odam 50-60° t-para chidaydi (organizmga ziyon etmaydi). Issiq iqdimga yoki issiq joy- da ishlashga asta-sekin moslashuv (adap- tasiya) ning ahamiyati katta.