ZOHIDOV ROMEN ABDULLAYEVICH
ZOHIDOV ROMEN ABDULLAYEVICH (1937— 17.12, Toshkent) — geliotexnik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), texnika fanlari Doktori (1984), professor (1986). Moskva energetika institutini tugatgan (1961). Shu institutda katta ilmiy xodim (1966— 69), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim (1969-71), Ilmiy asbobsozlik loyiha – konstruktorlik va texnologiya Markaziy byurosi direktori (1971 — 86), energetika va avtomatika instituti direktori (1986 yildan). Ilmiy ishlari, asosan, yuqori temperaturali geliotexnikaning dolzarb masalalariga, yuqori potentsialli jamlovchi tizimlar nazariyasini hisoblash, loyihalash va yaratish texnologiyasi hamda ularni materiallarni sinashda, mahsulotlar va energetik qurilmalarda qo’llashga bag’ishlangan. Zohidovning ilmiy ishlaridan quyosh elektr stansiyasini (Qrim), yuqori temperaturali issiqlik fizikasi kompleksini (Mahachqala shahri), Quyosh pechini (Yerevan), yuqori temperaturali stendlarni (“kvant” IICHB) yaratishda foydalanilgan. As: texnologiya i ispitaniya gomotexni-cheskix kontsentriruyutshix sistem, T., 1978. Nurli energiya kontsentrasiyasining ko’zguli tizimlari, T., 1986; sanoatda energotejamkorlik, T., 1993.