Illyuziya

Illyuziya (lot. illusio — yanglish tasavvur, yanglishish) — 1) voqelikni noto’g’ri, yanglish idrok etish. Ikki xil I. farq qilinadi: a) sezgi va idrok- ning muayyan qonunlari tufayli ro’y beradigan I. lar. Ko’pincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish ki- shida yanglish tasavvur hosil etadi. Mas, og’irligi aynan teng, ammo kat-taligi har xil bo’lgan ikki buyumni ketma-ket ko’tarib ko’rilsa, kattasi engilroq, ki- chigi og’irrokdek tuyuladi. Buning saba- bi shundaki, kishi hajmi kattaroq bu- Yumning xajmi kichikroq buyumdan og’ir ekanligini o’z tajribasida doimo sinab kelgan, bi-nobarin, hajmi har xil bu- yumlarni ko’z b-n idrok qilganda beixti- yor shu tajribasiga tayanib, kattaroq bu- yumlarni ushlaganida ko’proq zo’r beradi, kichikroq buyumni qo’liga olganda uncha zo’r bermaydi. I. kup hollarda ko’zning chalg’ishi b-n bog’liq. Bu xil I. lar optik I. deyiladi. Optik I. muayyan sharoitda turli kesma- lar uzunligi, burchaklar kattaligi, nar- Salar o’rtasidagi masofalar va sh.k. o’zaro taqqoslanganda ku-zatiladi. Bu xil I. lar turmushda kup uchraydi. Shuningdek, eshitish I. si (birovning nutqidagi ay- Rim suzlar boshqacha bir ma’noda aytil- gan so’zdek eshitiladi), harakat I. si (po- ezd juda ham tez yurganda vagondagi ki- shiga go’yo u harakat qilmayotgandek tuyula- Di) va b.; b) insondagi psixofiziologik, ko’pincha hayajonlanish, charchash, qo’rqish holatlarida ro’y beradigan sub’ektiv I. lar. Mac, o’rmondagi to’nka qo’rqoq odam- ning ko’ziga biron-ta yirtqich qayvonga o’xshab ko’rinadi. Sog’lom odamlarda I. o’tkinchi holat; ayrim psixik kasal- liklar (makrop-siya, metamorfopsiya, giperpatiya va h.k.) natijasida paydo bo’ladigan I. ancha turg’un. I. ni yo’q nar- Salar bordek bo’lib tuyuladigan holat — gallyusinasiyav&ya farq qilish kerak. I. xususiyatlarini bilish ulardan to’g’ri foydalanish imkoniyatini beradi. Mac, to’la kishilar uzunasiga yo’l-yo’l kiyim kiyishga harakat qiladilar. Chun- ki bu xil kiyimlarda kishi I. tufayli nisbatan ixcham bo’lib ko’rinadi. Optik I. dan tasviriy san’atda, me’morchi-lik va harbiy maskirovkada, bosmaxona shriftlarini tayyorlashda keng foydala- niladi; 2) xom xayol; puch, amalga oshirib bo’lmaydigan reja. Mirkomil Mirboboev.