Imkoniyat va voqelik
Imkoniyat va voqelik – nar- sa va hodisalar rivojining asosiy bosqichlarini ifodalovchi falsafiy tu- shunchalar. Voqelik hozir Real mavjud bo’lib turgan narsa, hodisalardir. Lekin bu narsa va hodisalar rivojlanish jara- yonida birdaniga hoz. holatida bo’lmay imkoniyat tarzida paydo bo’lgan, ular o’zining muayyan kelib chiqish davriga, tarixiga ega. Voqelik paydo bo’lishdan oldin imkoniyat tarzida mavjud bo’ladi. Imkoniyat voqelikning kurtak xrli- dagi ko’rinishi, hali yuzaga chiqmagan voqelikdir. Imkoniyat voqelikni kel- tirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’- ektiv va sub’ektiv shartsharoitlaridan iboratdir. Imkoniyat hali amalga oshma- gan, lekin yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan, voqelikka aylana oladigan hodisadir. Imkoniyatning voqelikka aylanishi ri- vojlanish jarayonini ifodalaydi. I. va v. tushunchalarini tadqiq qilishda Gegelning xizmati katta. Uning ta’limotiga ko’ra, I. va v. bir- biri b-n uzviy bog’liq, imkoniyat poten- tsial voqelikdir, uning vokelik-ka ayla- nishi muayyan zaruriyat asosida bo’ladi. Gegel bu tushunchalarni zaruriyat va ta- sodif, mohiyat va hodisa tu-shunchalari b-n uzviy munosabatda olib tekshiradi. Imkoniyat birdan vokelik-ka aylanmay- Di. U eski voqelik bag’rida rivojlana boradi va muayyan shartsharoitlar paydo bo’lgach, voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari uning mavjud eski voqelik b-n kurashi keskinlashib bora- Di. Shunga ko’ra, formal (rasmiy), AB- strakt (mavhum) va Real imkoniyatlarni bir-biridan farq qilmoq kerak. Formal imkoniyat faqat fikriy iz- chillik jihatdangina to’g’ri bo’lgan, lekin Real asosga ega bo’lmagan istak shaklidagi imkoniyatdir. U ob’ektiv ri- vojlanish qonunidan kelib chiqmay-Di, shuning uchun hech qachon voqelikka aylan- maydi. Abstrakt imkoniyat amalga oshishi uchun hali etarli shartsharoitlar etish- magan, lekin amalga oshishi qonuniy bo’lgan narsa va xrdisalarning o’zgarish va rivojlanish mantiqidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Abstrakt imkoni- yat rivojlanish jarayonida, muayyan shart- sharoitlar etilganda Real imkoniyatga aylanadi. Real imkoniyat amalga oshishi uchun barcha zarur shartsharoitlar mav- jud bo’lgan imkoniyatdir. Real imkoniyat doim aniq xarakterga ega. Imkoniyat b-n voqelik o’rtasida dia- lektik bog’lanish mavjud. Bu bog’lanish avvalo I. va v. ning bir-biriga o’tib turishi. Imkoniyatning ma’lum shart- sharoitlarda voqelikka aylanishi, vo- qelikning esa yangidan-yangi imkoni-yat- lar yaratishida ifodalanadi. Imkoniyat- ning voqelikka aylanishi tabi-atda o’z- o’zidan, stixiyali ravishda amalga oshadi. Jamiyatda esa imkoniyatning voqelikka aylanishi uchun ob’ektiv shartsharo- itlardan tashqari sub’ektiv omillar- ning roli katta. Mas, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida ravnaq topishi uchun hamma tabiiy va ijtimoiy shartsharo- itlar va imkoniyatlar mavjud. Ammo bu imko-niyatlar o’z-o’zidan respublika musta-qilligini mustahkamlashda o’z samara-sini bermaydi, ya’ni voqelikka aylanmaydi. Buning uchun shu imkoni- yat va shartsharoitlarga suyanib, rejalar asosida faol amaliy ishlarni bajar- mog’imiz lozim. Har doim kishilar o’zlarining ama- liy faoliyatida Real imkoniyatlarga Su- yanib ish yuritsalargina o’z maqsadlariga erishishlari mumkin. Buning uchun mav- jud Real imkoniyatlarni to’g’ri hisobga olish va ularni vokelikka aylantirish yo’lida barcha sub’ektiv omillarni sa- farbar kila bilish muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Abdulla Ayupov.