INVAZION KASALLIKLAR
INVAZION KASALLIKLAR – odam, hayvon va o’simliklarda eng sodda parazit jonivorlar (chuvalchang, kana va b. ba’zi bo’g’imoyoqlilar) qo’zg’atadigan kasallik. Ayrim parazitlar o’z rivoj- lanishining ma’lum bir bosqichida, boshqalari esa butun hayoti davomida xo’jayin (odamda — antroponozlar, hayvonlarda — zoonozlar) organizmda parazitlik qilib I.k.ni qo’zg’atadi. Pa- razitlar xo’jayin organizmiga zarar- langan teri (aktiv) va oziq-ovqat orqali (passiv) kiradi. Odamlarda uchraydi- gan I.k.ga gelmintozlar, protozoozlar (qo’zg’atuvchisi sodda parazitlar; mas, amyobiaz), akarozlar (qo’zg’atuvchisi kana; qo’tir), entomozlar (parazit hasharotlar qo’zg’atadigan bitli-qilik) kiradi. Aso- san, askaridoz, bezgak, toksoplazmoz, trixomonoz, enterobioz va b. ko’p kuzati- ladi. Hayvonlarda uchraydigan I.k.ga gel- mintozlar, protozoozlar (babezioz, kon- tsidiozlar va b.), araxnozlar, entomoz- lar kiradi. I.k. chorva mahsuldorligini pasaytiradi, ba’zan hayvonlar o’limiga sabab bo’ladi, natijada chor-vachilikka katta zarar etkazadi. Ayrim I.k. (trixinellyoz, tsistiser- koz) odam uchun xavfli, bu kasalliklar b-n zararlangan mollar go’shtini iste’- mol kilishga ruxsat etilmaydi. Kurash choralari qo’zg’atuvchi biolo- giyasiga qarab tayinlanadi, turli do- ri-darmonlar, degelmintizasiya, de- zinsektsiya, kanalarga qarshi vositalar qo’llaniladi. O’simliklar I.k. orasida bug’doy nematodasi va lavlagi nematodasi qo’zg’atadigan kasalliklar ko’proq Tap- kalgan (q. Nematodalar).