Ingichka tolali g’o’za, uzun tolali g’o’za

Ingichka tolali g’o’za, uzun tolali g’o’za — 37-42 mm va undan uzun tola beradigan g’o’zalar. I.t.G’.ga asosan Gossypium barbadense L. turiga mansub navlar kiradi. Jahoida paxta tolasi ishlab chiqarishda I. t.G’.lar o’rta tolali g’o’zalarsan keyin ikkinchi o’rinda tura- Di. I.t.G’. ko’p mamlakatlarda, jumladan, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Misr, Sudan, Peru, Shim. Braziliya, Ni- geriya, AQSh da katta maydonlarga ekila- Di. O’zbekiston Respublikasida I.t.G’. navlari, asosan, Jan. hududlari (sur- xondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan viloyatlari)da etishtirila- Di. Mamlakatda ekiladigan I.t.g.ning asosiy navlari (2002): Termiz 24, ter- miz 31, 6249-V, 9883-I, 9871-I, S-6037, 6465-V va b. I.t.G’. navlari tezpishar bo’lib, fenologik rivojlanish fazala- rini o’tishi uchun 2100-2220° dan ortiq samarali harorat yig’indisini talab qiladi. I.t.G’. navlari morfologik va xo’jalik belgilariga ko’ra, nihoyatda xilma-xildir. Ularda vegetasiya davri 110-120 kundan 180-200 kunga va un- dan ham ko’proqqa cho’ziladi. Navlari ora- sida tupi shoxsiz tipdan (“nol tip”) to keng tarvaqaylab o’sadigan shakllari bor. Poyasi mustahkam, tik o’sadi, bo’yi 60-130 sm, tuksiz, yashil, kuzga borib qizg’ish-jigarrang tusga kiradi. Bargla- ri yirik, qalin, to’q yashil bo’lmalari uzunchoq uchburchakli. Gullari yirik, gul- barglari limon rang, asosida tiniq to’q qizil dog’i bor. Ko’saklari maydaroq, ko’pchiligi cho’zinchoq tuxumsimonkonus shaklida, uchi o’tmas yoki o’tkir, 3-5 chanokli. Bir ko’sakdan 3-4,2, ba’zan 4,5—5 g paxta chiqadi. Chigitlari yirik, tuksiz, siyrak tukli yoki sertuk, tuki och yashil yoki kulrang. 1000 dona chigiti VAZ- ni 110-140 g. Tolasi yaltiroq, och sariq yoki oq. 28-36% tola chiqadi. Tolasidan (I, II, III tipli) yuqori sifatli, nafis gazlamalar, pishiq texnika buyumlari tayyorlanadi. I. t. G’.ning turli navlari agrotexni- kasi nav belgilari va ekilayotgan zona- larning tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq. O’rta Osiyoda I.t.G’. selektsiyasi bo’yicha ishlar 1920-y.lar o’rtalarida boshlandi. 1926 y.dan Bayramali (Turkmaniston), 1930 y.dan Vaxsh vodiysi (Tojikiston), keyinchalik xrz. O’zbekiston g’o’za selek- tsiyasi va urug’chiligi i.t. intida, Farg’ona selektsiya st-yasi va b. tajriba st-yalarida Misr g’o’zasidan I.t.G’. navlarini etish- tirishga oid ishlar olib boriladi. 1930 y. Misrdan Ashmuni, Zagora, Saxel va b. navlarning chigitlari keltirilib, Tojikistonning Vaxsh vodiysida ekil- Di, biroq ular juda kamhosil bo’lib chiqdi. Shu yili O’zbekistonda ham bi- rinchi marta I.t.G’. ekildi (0,2 ming ga, hosildorlik 9,7 ts/ga, yalpi hosil 0,2 ming t). O’rta Osiyoda birinchi I.t.G’. navi — 2IZ Yo’latan selektsiya stantsiyasida 1935 y.da chiqariddi. 1990-y.lar boshi- gacha 50 dan ortiq juda qimmatli I.t.G’. navlari yaratildi va r-nlashtirildi. Bu navlar O’rta Osiyoning keskin Kontinen- tal jazirama iqlimiga va b. agroekolo- gik sharoitiga yaxshi moslashgan: tezpi- sharligi, issiqqa chidamliligi va ildiz tarmog’ining baquvvatligi b-n ajralib turadi. Ad.: Avtonomov A. A., Selektsiya ton- kovoloknistix sortov xlopchatnika v uz- bekistane, T., 1973; Tojiev M., Ingichka tolali nav g’o’za agrotexnikasi, T., 1981; Bespalov N. F., Akchurina N. A., Proble- mi i perspektivi vozdelivaniya tonko- voloknistogo xlopchatnika v Uzbekista- ne, T., 1985.