INFEKTSION KASALLIKLAR

INFEKTSION KASALLIKLAR – patogen mikroorganizmlar (bakteriya- lar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va o’simlik orga- nizmiga kirib ko’payib, zararli ta’sir ko’rsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. I. k.dan ba’zilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga “yuqumli kasalliklar” termini juda mos keladi. I. k.dan ba’zi- lari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilgan- da (“kontakt” yo’li b-n) yuqmaydi, demak, ularga “yuqumli kasalliklar” termini unchalik to’g’ri kelmaydi. Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob bor- ligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi I. k.ning asosiy belgilaridir. I. k.ning chinakam sabablari 19-a. ning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari b-n isbot qilindi. Ba’zi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infektsiyalari) hazm yo’li orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tek- Kan yuvuqsiz qo’l orqali) yuqadi. Bemor yo’talganda, aksa o’rganda, so’zlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo b-n nafas yo’llariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infektsiyalar)ga gripp, ko’kyo’tal, Pa- rotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Ba’zi kasalliklarqon so’rar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan entsefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochig’i, idish- tovog’i va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalli- klari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. I. k. bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshma- li terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab cho’zilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). I. k. kelib chiqishi orga- nizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infektsiyaga moyil- ligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sha- roitda mikrobning virulentligi Kama- yadi) bog’liq. I. k.ning paydo bo’lishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tib- biy yordam) hal qiluvchi rol o’ynaydi. Shu sharoitning o’zaro ta’siriga qarab I. k.ning turli (tipik — rostmana, en- gil va b.) shakllari na-moyon bo’ladi. I. k.ning o’tishida inku-Basion davr, ka- sallik simptomlarining paydo bo’lish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning so’nish dav- ri va sog’ayish davri farq qilinadi. I. k.ning har birida shu davrlarning o’ziga xos Xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi ba’zi I. k. mikrobi og’rib o’tgan orga- nizmda saqlanib qoladi va Tevaraka- trofdagi muhitga chiqaveradi. Ko’pgina I. k.dan keyin immunitet qoladi. Mac, I. k.ni aniqlashda kasallikning kli- nik belgilari, lab.da tekshirish nati- jalari va epidemiologik ma’lumotlar asos qilib olinadi. Bemorlar maxsus jihozlangan infektsion kasalxonalarda davolanadi. I. k.ga qarshi kurashda Pro- filaktika tadbirlari hal qiluvchi rol o’ynaydi. I. k.ning yanada tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun shunday kasalliklar b-n og’rigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar ka- salxonada yoki uyida ajratib qo’yiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali ter- Lama (toshmali TIF), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar to- pilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasal- xonaga olib borib yotqizish shart. Gripp, qizamiq, ko’kyutal va b. ba’zi I. k. b-n og’rigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfektsiya o’tkazib turish sharti b-n uyida ajratib qo’yish mumkin. Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sog’lomlashtirish muassasa- lari, bolalar bog’chalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya, xirurgiya, pediatriya va b. (infektsion bo’limidan tashqari) bo’limlarida izo- lyator jihozlanadi. Ayniqsa, xavfli infektsiyalar (toun, vabo) b-n og’rigan be- morlarga yaqin yurgan kishilarni o’sha ka- salliklarning inkubasion davriga teng keluvchi muddat b-n ajratib qo’yish shart. Boshqa infektsion kasalliklarda bemor- lar turli muddat b-n ajratib qo’yiladi (jadval). La.Majidov V. M., Yuqumli kasal- liklar, T., 1996; Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari, T., 1997. Shonosir Shovahobov.